logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:48
«Barselona» Grizmannga taklif qilayotgan maosh miqdori aniq bo'ldi
16 May, 09:25 / O'qildi: 37

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann «Barselona» bilan muzokara olib bormoqda. L’Equipe tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 17 million evro maosh oladi. Bu summa Grizmanning hozir «Atletiko»da olayotgan maoshiga nisbatan 6 million evroga kam.Shuningdek, manbaga ko'ra, «PSJ» Grizmannga «Barselona»ga nisbatan ko'proq maosh taklif qilmoqda. Hujumchining "matraschilar" bilan tuzilgan shartnomasidagi tovon puli 1 iyuldan 120 million evroni tashkil qiladi. Futbolchi 14 may kuni "Atletiko"ni tark etayotgani haqida xabar tarqatdi. U 2014 yildan beri klub safida 256ta o'yinda maydonga tushib, 133ta gol urdi va 50ta golga uzatma berdi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar