logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:15
Bugun ikki nafar taekvondochimiz JChda ishtirok etadi
16 May, 09:40 / O'qildi: 17

Bugung Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo'yicha jahon chempionatining ikkichi kun bellashuvlari bo'lib o'tadi. Ushbu kun doirasida terma jamoamizning ikki vakili medallar uchun kurash olib borishadi.

Erkaklar o'rtasida -54 kg vazn toifasida bahs olib boradigan Valentin Xegay dastlabki davrada daniyalik Tobias Xittel bilan ro'baro keladi.

Shuningdek, +73 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Svetlana Osipova musobaqani ispaniyalik Belen Moranga qarshi bahs bilan boshlaydi. Hamyurtimiz ushbu raqib to'sig'idan o'ta olsa, ikkinchi bosqichda musobaqa mezbonlaridan biri, Rio Olimpiadasi sovrindori Byanka Uolkdenga qarshi jang qiladi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar