logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:16
«PSJ» Buffonga yangi shartnoma taklif qildi
16 May, 10:05 / O'qildi: 26

Italiyalik posbon Janluidji Buffon yana bir yil "PSJ" safida qolishi mumkin. Bu haqda futbolchining o'zi xabar tarqatdi."Klub menga shartnomani uzaytirish borasida taklif berdi. Bu meni quvontirdi. Bu juda yoqimli. Bir necha kundan keyin bu masalani muhokama qilish maqsadida uchrashamiz va bir to'xtamga kelamiz. Men Parijda baxtliman! 40 yoshga to'lganimga qaramay, men katta tajribaga egaman", — dedi Buffon.Buffon va "PSJ" o'rtasida tuzilgan shartnoma ushbu mavsum oxirida yakuniga etayotgan edi. U mazkur mavsumda parijliklar safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol o'tkazib yubordi. To'qqizta o'yinda u darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar