logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:52
Frenki de Yong: «Faqat Messiga uzatma beraman!»
16 May, 10:10 / O'qildi: 56

«Ayaks» yarim himoyachisi Frenki de Yong yozgi transfer paytida «Barselona» safiga kelib qo'shiladi. Bu borada u o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.«Lionel Messining mashg'ulotda qanday ishlayotganini jonli ko'rish imkoniyatini intizorlik bilan kutyapman. O'ylashimcha, faqat unga pas bersam kerak (kuladi).O'zimni o'zgartirmoqchi emasman. E'tiborni o'yinga qaratsam, bu ahamiyatga ega bo'lmaydi. "Barsa" safida qanday o'ynashim o'zimga ham qiziq. Jahonning eng yaxshi futbolchilaridan o'rganish imkoniyatini intizorlik bilan kutaman», – dedi de Yong.Eslatib o'tamiz, "Barselona" Frenki de Yong uchun "Ayaks"ga 75 million evro to'ladi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar