Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:11
Bundesliga to'purari – «Barselona»ga o'tadi
11 Fevral, 18:22 / O'qildi: 264

“Ayntraxt”da ijara asosida o'ynayotgan hujumchi Luka Yovich faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

Kataloniyaliklar Yovich bilan shartnoma borasida kelishib oldi deb xabar beradi Frankfurter Allgemeine Zeitung.

Serbiyalik futbolchining transfer huquqi hozirda “Benfika” klubiga tegishli. Ma'lum bo'lishicha, “Ayntraxt” Yovichni sotib oladi va uni “Barselona”ga 35 mln evro evaziga sotib yuboradi.

Ma'lumot o'rnida, 21 yoshli futbolchi Bundesligada 19 ta o'yinda maydonga tushib 14 ta gol urdi.

 

Manba: stadion.uz

Mulohazalar