Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 10:15
Shota Arveladze: «Odil Ahmedovni ham tarkibda ko'rishni istagandik»
sana 11 Fevral, 18:22 korildi 110

“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze Osiyo Chempionlar ligasi saralashining ikkinchi bosqichida “Eyr Fors” klubiga qarshi kechadigan o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va savollarga javob berdi.

Shuningdek, murabbiy mavsum oldidan o'z tarkibiga Odil Ahmedovni qo'shib olishni xohlaganini ta'kidladi.

“Murabbiyning ko'ngli hech qachon to'lmaydi va bu eng katta muammolarimizdan biri. Har doim yanada ko'prog'ini istaysan. Xavotirga solayotgani esa, bizda o'rtoqlik o'yinlari etarlicha bo'lmadi.

Yarim jamoa uzoq vaqt ixtiyorimizda bo'lmagani esa vaziyatni yana biroz murakkablashtiradi. Shunday ekan, futbolchilarning o'zaro tushunib o'ynashi menimcha eng og'riqli masala. Ammo bu muammoni bartaraf etishga urindik. Tarkibda bu yil juda katta raqobat bor, deb o'ylayman. O'zim istagan futbolchilarni maksimal tarzda jamlashga ulgurdik. Albatta murabbiy yanada ko'prog'ini istaydi. Klub rahbariyatiga katta rahmat.

O'zaro maslahatlashib, ko'proq e'tiborni o'zbek futbolchilariga qaratishga qaror qildik. Albatta muxlislar va biz istagan futbolchini har doim ham tarkibga jalb etish imkoni bo'lmaydi. Masalan, Odil Ahmedovni ham tarkibda ko'rishni istagandik. U bilan uch marta ko'rishib, gaplashib oldim. Ammo u hozir jamoamiz a'zosi emas”, -deydi Shota Arveladze

Manba: stadion.uz


Mulohazalar