Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:01
Emiliano Salaning o'limi sabablari aniqlandi
11 Fevral, 20:07 / O'qildi: 294

"Kardiff"ning sobiq hujumchisi Emiliano Salaning o'limi sabablari aniqlandi deya xabar beradi Wales Online.

Argentinalik 28 yoshli futbolchi boshiga va tanasiga etgan ko'plab jarohatlar ortidan hayotdan ko'z yumgan. Futbolchi barmoq izlari orqali tanib olindi.

Eslatib o'tamiz, Sala yanvar oyidagi transferlar chog'ida "Nant"dan "Kardiff"ga o'tgan. 21 yanvar kuni xususiy samolyotda Uelsga uchgan, ammo qo'nish vaqtiga bir sota qolganida samolyot radarlardan yo'qolgan. 4 fevral kuni Gernsi oroli yaqinida okean tubidan futbolchining jasadi va samolyot qismlari topilgan.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar