Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:49
Mbappe Salani qidirish ishlari uchun pul ajratgan
11 Fevral, 20:07 / O'qildi: 167

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe aviahalokatda halok bo'lgan “Kardiff” hujumchisi Emiliano Salaning oilasiga hayriya sifatida pul berdi.

19 yoshli futbolchi argentinalik futbolchini qidirish ishlarini olib borish uchun 35 ming dollar mablag' ajratdi.

Eslatib o'tamiz, Sala o'tirgan samolyot 21 yanvar kuni Normandiya orollari atrofida radarlardan g'oyib bo'lgan.

Davlat tomonidan olib borilgan qidirish ishlari natijasini bermadi. Natijada Salaning oilasi samolyotni qidirish uchun xususiy kompaniyani yolladi. Shundan so'ng, 3 feral kuni La-Mansh bo'g'ozida samolyot topildi va rasman Sala olamdan o'tgani tasdiqlandi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar