Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 10:37
Marko Simich O'zbekistondagi eng kuchli yosh o'yinchi kim ekanligini aytdi(Intervyu)
sana 11 Fevral, 20:58 korildi 211

Avvaliga, Marko intervyu berishdan bosh tortdi. Sababini so'raganimda kulib : «Mening tilim kuygan, o'tgan yili saralash o'yinlarida intervyu bergach jamoamiz yutqazib qo'ygan edi», - dedi. hazil-huzul bilan uni ko'ndirdik va savollarimizga javob oldik.

Marko ertangi uchrashuvda jamoani kim sardor sifatida maydonga olib tushadi?

- Menimcha, Sher( Sherzod A'zamov) yoki Krimets. Bu ikki yigitlarning ikkisi ham sardorlikka loyiq.

Tiago Bazzeraning ketishi jamoaning o'yiniga salbiy ta'sir o'tkazadimi?

- Albatta, bunday futbolchining yo'qligi jamoaga ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Men u bilan O'zbekistonga kelishimdan avval ham bitta ligada birga o'ynaganman. U kuchli futbolchi lekin, aytishadiku «almashtirib bo'lmas inson bo'lmaydi», - deb!

Marat Bikmaev Tiagoning o'rnini bosa oladimi?

- Bunday savollar bermang (kuladi)! Ikki futbolchi ham o'z o'yin uslubiga ega. Maratning jamoamizga kelishi bizni kuchaytiradi degan umiddaman.

Raqibingiz «Eyr Fors» klubi jamoaviy futbol o'ynaydi. Ular qatorasiga 3 bor AFK kubogida g'olib chiqishdi. Sizningcha jamoalarning ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuvda imkoniyatlari qanday?

- Bu futbol, unda doim 11 ga 11 o'ynaladi. Hozircha jamoalarning imkoniyati haqida bir nima deyish qiyin…

Ya'ni kuchlar teng demoqchimisiz?

- Keling raqiblarga hurmat yuzasidan 50/50 deya qolamiz.

Mana yurtimizda bir necha yildan beri to'p tepmoqdasiz. Sizningcha O'zbekistondagi eng iqtidorli yoshfutbolchi kim?

- Yurtingizda iqtidorli yoshlar talaygina. Men milliy chempionatda bir nechta yaxshi o'yinchilarni ko'rdim.

Aynan kimni eng iqtidorli deb atagan bo'lardingiz?

- Agar bittasini tanlash kerak bo'lsa, menimcha, bu Jasur Yaxshiboev. Uning texnikasi va tezligi himoyachilarni shoshirib qo'ydi.

Sizningcha Jasur nima uchun o'z imkoniyatlarini to'liq namoyon qila olmayapti?

- O, bunday savollarga javob berish qiyin. (Kuladi) Keling, o'zidan so'ray qoling.

Asosiy tarkibga kira olmayotganiga qanday izoh berasiz?

Menimcha bu savolga javob berishga haqqim yo'q.

Mayli boshqa mavzuga ko'chamiz. Jarohatingiz haqida. Necha kunda safga qaytasiz?

- Doktorlarimiz 1 oy deyishmoqda. Menimcha 3 hafta ichida to'liq tiklansam kerak.

Ertangi uchrashuv olidadan muxlislarga gapingiz bo'lsa marhamat.

- Ertangi o'yin oldidan muxlislarimizga bizga ishoning demoqchiman. Ularning ishonchi va qo'llab-quvvatlashi biz uchun juda ham muhim. Biz ular uchun maydonga chiqamiz. Ertangi uchrashuvda stadionda bizga ruhan dalda bo'lib turishsa, hursand bo'lar edik.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev suhbatlashdi.

Manba: stadion.uz


Mulohazalar