Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 10:32
Stadion.uz. «Manchester Yunayted» – PSJ (taxminiy tarkiblar)
sana 12 Fevral, 08:56 korildi 184

Bugun 12 fevral kuni Evropa chempionlar ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsda “Manchester Yunayted” o'z maydonida PSJni qabul qiladi. Ushbu o'yin uchun taxminiy tarkiblar bilan tanishing.

Tarkiblarni tanishtirishdan oldin jamoadagi yo'qotishlarga to'xtalib o'tsak. Bugun Neymar, Edinson Kavani, Toma Mene PSJga yordam berolmaydi,  Marko Verattining maydonga tushishi esa so'roq ostida turibdi.

“Manchester Yunayted”da esa yo'qotishlar nisbatan kamroq ushbu o'yinni Luis Antonio Valensiya, Markos Roxo, Matteo Darmian o'tkazib yuboradi.

Manchester Yunayted: De Xea - Jons, Smolling, Dalot, Shou – Pogba, Errera, Mata – Marsyal, Rashford, Lukaku.

PSJ: Buffon – T. Silva, Markinos, Kimpembe, Kerer – Veratti, Di Mariya, Draksler, Shupo-Moting, Bernat – Mbappe.

Ma'lumot o'rnida, ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13 fevralga o'tar kechasi soat 01:00 da to'g'ridan to'g'ri UZREPORTTVtelekanalli uzatadi.

Manba: stadion.uz


Mulohazalar