Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 10:16
Aaron Remzi «Arsenal» muxlislari bilan xayrlashdi
sana 12 Fevral, 11:53 korildi 109

“Arsenal” yarimhimoyachisi Aaron Remzi London klubi muxlislariga murojaat qildi.

“Yuventus” bilan shartnoma imzolaganimni eshitgan bo'lsangiz kerak. Men barcha muxlislarga bu haqida aytishni istadim.

Sizlar meni yoshlimimdan boshlab qo'llab quvvatlab keldinglar g'am tashvish chekganimda birgalikda qayg'urdinglar. Bu uchun sizlarga alohida tashakkur bildirmoqchiman. Afsuski, 11 yildan so'ng men shimoliy Londonni tark etyapman.

Turinda yangi sahifa ochish oldidan, hozirgi jamoam uchun mavsumning oxirigacha jonimni berib harakat qilaman. Barcha eng yaxshi tilaklar bilan Aaron”, – deb yozdi Remzi.

Manba: stadion.uz


Mulohazalar