Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 10:39
Draksler – «MYu»ga qarshi o'yin haqida: «Bu o'yin hech narsani hal qilmaydi»
sana 12 Fevral, 11:54 korildi 93

PSJ yarimhimoyachisi Yulian Draksler “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

“Biz “Manchester Yunayted”dan o'zgacha o'yin kutmayapmiz, ular o'zlarining uslublarida o'ynashadi. Ular hujum qilishlari aniq. Ularning tarkiblarida ajoyib futbolchilar yig'ilgan.

Afsus, bu o'yinda Neymar, Kavani va Mene o'ynamaydi. Bu o'yin hech narsani hal qilmaydi. Parijda javob uchrashuvi ham bo'ladi”, - deydi germaniyalik futbolchi

Ma'lumot o'rnida, ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13 fevralga o'tar kechasi soat 01:00 da to'g'ridan to'g'ri UZREPORT TV telekanalli  orqali namoyish etiladi.

Manba: stadion.uz


Mulohazalar