Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 01:38
Anchelotti: «Ronaldu muhim o'yinlarda adashmaydi»
sana 14 Mart, 20:36 korildi 38

Italiyaning “Napoli” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronalduni “Atletiko”ga qarshi kechgan o'yindan keyin maqtadi.

“Yuventus” Ronalduning harakatlari bilan keyingi bosqichga chiqdi. Hamma Ronalduning o'yini o'xshamay qolishini kutgandi. Ammo u “Atletiko” kabi muhim o'yinlarda xato qilmaydi. Shunday ajoyib futbolchilar borki, asosiy o'yinlarda muammolarga uchraydi. Bu ajoyib futbolchi va chempion orasidagi farq”, -deydi Anchelotti AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Ronaldu “Atletiko”ga qarshi o'yinda 3ta gol urib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqqandi.

Manba: stadion.uz


Mulohazalar