Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 01:38
«Lokomotiv»dan terma jamoaga kimlar chaqirildi
sana 14 Mart, 20:37 korildi 30

21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida "China Cup-2019" turniri o'tkaziladi.

Ushbu musobaqada mezbon - Xitoy termasidan tashqari O'zbekiston, Tailand va Urugvay termalari qatnashishadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ushbu musobaqaga "Lokomotiv"ning 7 nafar futbolchisini jalb etdi.

Unga ko'ra, darvozabon Javohir Ilyosov, himoyachilar Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Oleg Zoteev va Davronbek Hoshimov, yarim himoyachi Sardor Mirzaev va hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov "China Cup-2019" turnirida ishtirok etish uchun Xitoyga jo'nab ketadi.

Manba: stadion.uz


Mulohazalar