Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 01:38
«Lion» darvozaboni «Barselona»ga qarshi o'yinda jarohat oldi
sana 14 Mart, 20:38 korildi 29

“Lion” darvozaboni Antoni Lopesh “Barselona”ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

28 yoshli posbon uchrashuvning 21-daqiqasida jarohatlandi biroq, u 13 daqiqa o'ynay oldi shundan so'ng uning o'rniga Mate Gorjlen o'yinni davom ettirdi. Uning jarohati qanday darajada ekanligi hozircha noma'lum.

Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum Lopesh Liga 1 doirasida 26 ta o'yinda maydonga tushdi va 32 ta gol o'tkazib yubordi.

Manba: stadion.uz


Mulohazalar