Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 01:40
Sulsher: "Uyda kerakli natijaga erishsak, safarda "Barsa"ga muammo yarata olamiz"
sana 16 Mart, 08:38 korildi 60

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ole-Gunnar Sulsher EChL chorak finalidagi raqibi - "Barselona"ga qarshi o'yinlar haqida fikr bildirdi.

"Biz yirik klublar, kuchli jamolar bilan o'ynashni istaymiz. Biz "Barselona" bilan 2009 va 2011 yillarda EChL finallarida o'ynaganmiz. Shuningdek, 2008 yilgi yarimfinalda, Skoulz gol urgan o'yinda ham o'ynaganmiz. Muxlislarimiz aynan shunday o'yinlarni istaydilar. "Barselona"ga qarshi o'yinlarni sabrsizlik bilan kutamiz.

99 foiz murabbiylar javob o'yinini safarda o'tkazishni istasa kerak. Uyda kerakli natijaga erisha olsak, safarda istalgan raqibga maummo yarata olamiz. Xuddi Parijda bo'lgani kabi", - deydi Sulsher.

"MYu" 10 aprel kuni "Barselona" bilan "Old Trafford"da o'ynaydi. Javob o'yini 16 aprel kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz


Mulohazalar