Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 01:51
Ronaldu diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
sana 16 Mart, 10:12 korildi 115

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi 1/8 finalining «Atletiko»ga qarshi javob o'yinidagi (3:0) noma'qul xatti-harakati uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, UEFA portugaliyalik futbolchini EChLda bir o'yindan uchta o'yingacha chetlatishi va italyan klubiga jarima solishi ehtimoli bor. Bu holatda Ronaldu «Ayaks»ga qarshi chorak final o'yinlarini o'tkazib yuborishiga majbur bo'lishi mumkin.

AS`ning yozishicha, ayni masalada tashabbus «Atletiko»dan chiqishi, madridliklar klubi hujumchini jazoga tortishni so'rab, UEFAga rasmiy xat bilan chiqishi ehtimoldan yiroq emas. Ushbu klub bosh murabbiyi Diego Simeone nimchorak finalning dastlabki o'yinidagi ana shunday harakati uchun 20 ming evro jarimaga tortilgandi.

Turinliklar EChL chorak finalida 10 aprel kuni Amsterdamda mehmon bo'lib, javob bahsini 16 aprel kuni o'z maydonlarida o'tkazishadi.

Manba: stadion.uz


Mulohazalar