Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 01:39
Shota Arveladze: «Vaqti keldi»
sana 16 Mart, 12:56 korildi 30

Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze Superliganing 1-tur uchrashuvidan avval bo'lajak bahs xususida fikrlarini bildirib o'tdi.

“Lokomotiv" bilan doimgidek qiziqarli o'yin kutmoqdaman. Bizda o'yinga tayyorlanish uchun ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Chempionlar Ligasida "Al Ahli"ga qarshi uchrashuv o'tkazdik va endi O'zbekiston chempionatini boshlash vaqti etib keldi.

Biz Chempionlar Ligasida ketma-ket to'rt o'yinda maydonga tushdik. Jamoaning ruhiy tayyorgarligi qanday? Ruhiyat juda murakkab masala, muhimi hech qachon oshirib yubormaslik va hamisha barchaga haqiqatni aytishdir. Maydonda men o'ynamadim, futbolchilar o'ynashdi, ular hamma ishni amalga oshirishdi, o'z sifatlarini ko'rsatishdi. Demak, biz ko'p narsaga qodirmiz va men ularning barchasiga ishonaman”, - deydi Arveladze.

Manba: stadion.uz


Mulohazalar