Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 02:22
Farhod Abdullaev Taylandda VAR tizimini amalda qo'llash bo'yicha seminar o'tkazdi
sana 16 Mart, 13:09 korildi 6
FIFA instruktori, hamyurtimiz Farhod Abdullaev Taylandda IFAB texnik direktori Devid Elleri bilan VAR tizimini amalda qo'llash bo'yicha seminar o'tkazdi.  Bungacha ular Qatarda FIFA instruktorlari uchun seminar olib borishgandi. VAR tizimini ishga tushirishda texnik imkoniyatlardan tashqari, hakamlarni ushbu tizim bo'yicha ishlashga o'rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi.  IFAB texnik direktori Devid Elleri seminar davomida VAR tizimini ishga tushirishning 5ta bosqichi haqida ma'lumot berib o'tdi. VAR tizimi bo'yicha ishlaydigan hakamlarni litsenziyalash jarayoni 9 oy davom etib, barcha harakatlar FIFA instruktorini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.Hamyurtimiz Farhod Abdullaev FIFA instruktori sifatida seminar qatnashchilari bilan amaliy va nazariy mashg'ulotlar olib bordi. Mashg'ulotlar VAR tizimi hakami va hakam yordamchilari bilan maydonda futbolchilar ishtirokida hamda xonada VAR trenajyorlarida amalga oshirildi. VAR tizimini amalda qo'llash bo'yicha kelgusi seminar mart oyi oxirida Qatarda bo'lib o'tadi. Unda Farhod Abdullaev bilan birgalikda Xorxe Larrionda (Urugvay) va Mayk Vanderrost (Gollandiya) hakamlarga ta'lim berishadi.



Manba: stadion.uz


Mulohazalar