logotip
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:16
«Kelajagimiz umidlari». Surxondaryoda futbol festivali bo'lib o'tdi
16 Mart, 13:36 / O'qildi: 29
2019 yil 14-15 mart kunlari Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 1-son Bolalar-o'smirlar sport maktabida “Kelajagimiz umidlari” shiori ostida 3-4-sinf o'quvchilari o'rtasida futbol bo'yicha festival o'tkazildi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o'tkazib kelinayotgan mazkur an'anaviy festival yuqori saviyada tashkil etildi. Festivalda 14 ta tumandan kelgan 200 nafar o'quvchi yoshlarga viloyatning eng malakali murabbiylari futbol bo'yicha mashg'ulotlardan saboq berdilar. Mashg'ulotlarni o'tish bilan bilan birga bolalar futbol bo'yicha blits turnirida ham ishtirok etishdi. Festival yakunida 200 nafar ishtirokchi bolalarga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan futbol to'plari, ekipirovka va sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi. Taqdirlash marosimida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassisi Mirjavlon Mirsagatov, viloyat futbol assotsiatsiyasi mutaxassisi Jo'ra Xolmurodov ishtirok etishdi.  Festivalning dastlabki bosqichini tashkil etishda viloyat futbol assotsiatsiyasi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati va Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman 1-son Bolalar-o'smirlar sport maktabi xodimlari alohida jonbozlik ko'rsatdilar. Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman 1-son Bolalar-o'smirlar sport maktabi murabbiylari Xolmirza Ergashev, Baxtiyor Mirzaev, Xamza Xasanov kabi murabbiylar mahorat darslarini o'tdilar.






Manba: stadion.uz

Mulohazalar