Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:56
Iste'folar chempionatida – yana bir iste'fo!
19 Mart, 14:40 / O'qildi: 89

“Rayo Valekano” bosh murabbiyi Michel iste'foga chiqarildi.

Ispaniya klubi rahbariyati jamoaning yomon natija ko'rsatayotgani sabab bosh murabbiyni lavozimidan ozod qildi.

“Rayo Valekano”28 ta o'yindan keyin 23 ochko bilan turnir jadvalining 19-o'rnida ketmoqda.Ta'kidlab o'tish joiz, Michel qo'l ostida “Rayo Valekano” so'nggi 7 ta o'yindan barchasida mag'lubiyatga uchradi.

Ma'lumot o'rnida, 55 yoshli murabbiy “Rayo”ni 2017 qo'l ostiga olgan edi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar