Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:55
Toshkentda «Pro» diplomi uchun xalqaro o'quv-kurslarining uchinchi moduli boshlandi
19 Mart, 16:20 / O'qildi: 16
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizdagi futbol murabbiylarining malakasini oshirish va murabbiylikni rivojlantirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.   Jumladan, o'tgan yilning 12-22 noyabr va 5-22 dekabr kunlari Toshkentda "Pro" diplomi uchun o'quv kurslarining birinchi va ikkinchi modullari o'tkazildi.Bugun poytaxtimizdagi "Chig'atoy" sport majmuasida mazkur  xalqaro o'quv kurslarining ikkinchi moduliga start berildi. O'quv kurslarida Abduraimov Jasur, Irismetov Jafar, Dadamatov Baxtiyor, Hasanov No''mon, Berdiev Ro'ziqul, Aktamov Hamidjon, Davletov Fevzi, Haydarov Bahromjon, Sakaev Ildar, Muminjonov Ilhom, Abdullaev Rustam, Fayziev Davronjon, Akramxo'jaev Rifat, Nazarov Yorqin, Baqoev Ulug'bek, Sherg'oziev A'zam, Petrosyan Artyom, Qurbonov Muxtor kabi mashhur mutaxassislar ishtirok etishmoqda. Shuningdek, Tailandning "Suphanburi" jamoasi bosh murabbiyi Adebayo Gbadebo va Hindistonning "Goa" klubi yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Klifford Mirandalar ham qatnashishmoqda.   O'quv kurslarini FIFA va UEFA instruktori Badr Ahmad olib boramoqda. Unga FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov yordam beryapti.   "Pro" diplomi uchun xalqaro o'quv-kurslari 26 martga qadar davom etadi. Yakuniy to'rtinchi modul joriy yilning noyabr oyida bo'lib o'tadi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan murabbiylar “Pro” diplomi hamda 2 yilga mo'ljallangan O'FA litsenziyasiga ega bo'lishadi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar