Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:26
"Paxtakor"ning o'n ikki nafar futbolchisi terma jamoalar safiga jo'nab ketdi.
19 Mart, 16:20 / O'qildi: 49

"Paxtakor"ning o'n ikki nafar futbolchisi terma jamoalar safiga jo'nab ketdi.

Sanjar Quvvatov, Egor Krimets, Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, Javohir Sidiqov, Dostonbek Hamdamov, Jaloliddin Masharipov va Marat Bikmaev O'zbekiston milliy terma jamoasi safida Xitoyda o'tkaziladigan xalqaro turnirda qatnashadi.

22 mart, 16:35

Urugvay - O'zbekiston

25 mart

O'zbekiston - Xitoy/Tailand

Marko Simich Chernogoriya terma jamoasi tarkibida 2020 yilgi Evropa chempionati saralash bahslarida Bolgariya va Angliya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etadi.

22 mart, 22:00

Bolgariya - Chernogoriya

26 mart, 00:45

Chernogoriya - Angliya

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibiga Osiyo chempionati saralash bosqichida qatnashish uchun Umid Hamroev, Hojiakbar Alijonov va Jasur Yaxshiboev chaqirilgan. Bahslar "Paxtakor" stadionida o'tkaziladi.

22 mart, 17:00

O'zbekiston - Hindiston

26 mart, 17:00

O'zbekiston - Tojikiston

Manba: stadion.uz

Mulohazalar