Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:32
Og'ir atletika bo'yicha bu yilgi O'zbekiston chempionatida rekord darajada atletlar ishtirok etishi
19 Mart, 16:20 / O'qildi: 20

O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasining taqvim rejasiga binoan 28 martdan 3 aprel kuniga qadar Chirchiqdagi O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida sportning ushbu turi bo'yicha kattalar o'rtasida mamlakat chempionati bo'lib o'tadi.

Ayni paytga kelib, Respublikamizning barcha viloyatlaridan 280dan ortiq sportchi musobaqada ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tkazildi. Qayd etish lozim, kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatlari tarixida hali bunchalik ko'p talabnoma tushish holati kuzatilmagandi.

Demakki, bo'lajak mamlakat chempionati keskin va murosasiz kurashlarga boy bo'lishi bilan ajralib turadi. Qo'shimchasiga, ayni paytda Ukrainada o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'lib turgan erkaklar terma jamoasi vakillarining ham bo'lajak musobaqada ishtirok etishi bu yilgi bahslarga bo'lgan qiziqishning ortishiga sabab bo'lmoqda.

Musobaqa Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi tomonidan qabul qilingan yangi vazn toifalarida o'tkaziladi. Ya'ni, bahslar erkaklar va ayollar o'rtasida 10 vazn toifasida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar