Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:56
«Bunyodkor» «Dinamo-Minsk»ni engdi, navbatdagi raqib «Krasnodar»
19 Mart, 16:42 / O'qildi: 25

Rossiyaning Krasnodar shahrida Sergey Igorevich Vaxrushev xotirasi uchun VIII xalqaro turniri davom etmoqda.

Temur Boboxonov murabbiyligidagi “Bunyodkor-2003” jamoasi musobaqadagi ikkinchi uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi. Hozirgina yakunlangan bellashuvda Belorusning “Dinamo-Minsk” akademiyasi jamoasi 2:0 hisobida mag'lub etildi.

Ertaga “qaldirg'ochlar” ni muhim va qiyin uchrashuv kutib turibdi. Boboxonov shogirdlari ikki o'yinda raqiblar darvozasini 7 marta ishg'ol qilgan mezbonlar “Krasnodar”ga qarshi maydonga chiqadi.

XOTIRA TURNIRI

«Bunyodkor» (Toshkent, O'zbekiston) – «Dinamo-Minsk» (Belarus) – 2:0

Gollar: Umidbek Sultonov, Elbek Bo'riev.

20 mart (chorshanba)

14.00 «Krasnodar» – «Bunyodkor»

Manba: stadion.uz

Mulohazalar