Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:16
«Real» Ikardini sotib olishga qaror qildi
19 Mart, 17:56 / O'qildi: 44

“Inter” hujumchisi Mauro Ikardi Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin.

AS nashrining xabar berishicha, “Real” yozgi transferlar vaqtida argentinalik futbolchini sotib olmoqchi va u uchun 80 mln evro to'lashga tayyor.

Xabaringiz bor, Ikardi fevral oyida sardorlik bolichidan mahrum qilindi va o'shandan beri jamoaning mashg'ulotlarida qatnashmayapti. Madridliklar ushbu vaziyatdan foydalanib Ikardini o'zlariga og'dirib olmoqchi.

Ikardining hozirgi shartnomasida tovon puli 110 mln evro etib ko'rsatib qo'yilgan. Biroq, “Real” bu narxni 80 mln evroga tushurmoqchi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar