Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:22
«MYu» futbolchisini ijaraga berib yubormoqchi
19 Mart, 17:56 / O'qildi: 73

“Manchester Yunayted” yarim himoyachi Andreas Pereyrani ijaraga berib yuboradi.

The Sun nashrining xabar berishicha, “qizil iblislar”23 yoshli futbolchini bir mavsumga ijara asosida boshqa bir klubga berib yuborishni rejalashtirmoqda.

Manbaning xabar berishicha, Pereyrani ijaraga olish uchun asosiy da'vogar “Lester” bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Pereyra yaqinda “MYu” bilan bir yillik shartnoma tuzgan edi, biroq mankunianliklar Andreasga yana to'rt yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar