Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:28
O'zbekistonlik yosh futbolchilar «Futbol do'stlik uchun» loyihasida ishtirok etadilar
19 Mart, 18:06 / O'qildi: 21
18 mart kuni Moskvada Evropa Chempionlar ligasining rasmiy hamkori Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan “Futbol do'stlik uchun” xalqaro bolalar ijtimoiy loyihasining yangi  ettinchi mavsumiga start berildi.   Bu yil loyihaning yakuniy bosqichi 28 maydan 2 iyunga qadar Ispaniyaning Madrid shahrida bo'lib o'tadi. Loyihaning asosiy maqsadi bolalar va o'smirlar sportini qo'llab-quvvatlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, shuningdek, yosh avlod o'rtasida turli millatlar va madaniyatlarga hurmat tuyg'usini shakllantirishdan iborat.   O'g'il va qiz bolalar, shuningdek, nogironligi bor bolalar har yili muntazam ravishda “Futbol do'stlik uchun” loyihasida qatnashib, 9ta qadriyat: do'stlik, tenglik, adolat, sog'liq, tinchlik, sodiqlik, g'alaba, an'analar va faxr tuyg'ularini targ'ib qilishadi.   “Futbol do'stlik uchun”  loyihasining ettinchi mavsumi doirasida turli mamlakatlarda bir qator tadbirlar o'tkaziladi. Bolalar va katta yoshdagi insonlar “Futbol do'stlik uchun” xalqaro bayram kunini birgalikda nishonlashadi, o'rtoqlik o'yinlari va mahorat darslarida qatnashishadi,  shuningdek, bir-birlariga loyihaning rasmiy ramzi – tenglik va sog'lom turmush tarziga ixlosmandlikning ifodasi bo'lgan, musaffo osmon va yashil maydonni anglatadigan ko'k va yashil rangli iplardan tarkib topgan do'stlik Bilaguzugini boylashadi.     Butun dunyodan tashrif buyuradigan Yosh jurnalistlar “Futbol do'stlik uchun” loyihasini Xalqaro matbuot markazida yortish orqali o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. Bolajonlar muxbirlik kasbining sir-asrorlarini o'rganishadi, shuningdek, dunyoning etakchi OAV vakillari bilan bir safda ijod qilib, katta tajriba to'plashadi.   Bu yil yosh ishtirokchilar orasida nafaqat futbolchi, murabbiy va jurnalist, balki Yosh hakamlar – turli mamlakatlardan taklif qilinadigan hakamlik maktabi o'quvchilari ham bo'ladi. Ular bir necha kun davomida Xalqaro do'stlik oromgohining bir qismiga aylanishadi.    Loyihaning yakuniy bosqichida “Futbol do'stlik uchun” xalqaro forumi o'tkaziladi. Uning asosiy voqeasi ishtirokchilar o'rtasidagi futbol bo'yicha Jahon chempionati bo'ladi. Jahon chempionatining finali Madrid shahri qoq markazida, “Plasa-Mayor” maydonida bo'lib o'tadi. Ettinchi mavsum yakunida ishtirokchilar Madrid shahridagi “Vanda Metropolitano” stadionida o'tkaziladigan Evropa Chempionlar ligasi finalini birgalikda tomosha qilishadi.   “Gazprom” kompaniyasi tomonidan amalga oshirib kelinayotgan “Futbol do'stlik uchun” loyihasi butun dunyodagi bolalarda qadriyatlarga bo'lgan hurmatni shakllantirib, ular o'rtasidagi to'siqlarni yo'qotishga, ularni yanada jipslashtirishga xizmat qilmoqda. Bu loyiha turli millat vakillari bilan o'zaro do'stlik aloqalarini o'rnatish va hamkorlikda ishlash imkonini taqdim qiladi”, - deydi Soccer Barcelona Youth Academy asoschisi Mikel Puch.    “Futbol do'stlik uchun” loyihasi bizga butun dunyodan do'stlar orttirish, boshqa millat vakillari bilan yaqin aloqalarda bo'lish uchun qulay imkoniyat. Men bu loyihaning bir qismi bo'lganimdan faxrlanaman”, - deydi hindistonlik yosh jurnalist Ananya Kambodj.   "Futbol do'stlik uchun" loyihasining ettinchi mavsumida o'zbekistonlik yosh futbolchilar va yosh murabbiy ishtirok etadi. Eslatib o'tamiz, bu O'zbekistonning mazkur loyihada uchinchi bor ishtirok etishi. 2017 yilda mazkur loyihada "Lokomotiv" vakili Ilyos Ahmedov, 2018 yil esa "Bunyodkor" a'zosi Muslim Abdumannopov ishtirok etgandi.

Manba: stadion.uz

Mulohazalar