Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:56
Essiz shurday futbolchilar. Ko'prog'iga loyiq edilar…
19 Mart, 19:53 / O'qildi: 138

Yodingizda bo'lsa, “Bo'rAilar to'dasining sardori“ nomli maqolada Tottining o'z klubi bilan qanday xayrlashganini  bayon qilgan edik. Futbolchining xayrlashuv kechasini o'tkazish uchun “Roma“ rahbariyati 1 oy avval tayyorgarlikni boshlagan va “imperator“ni juda chiroyli kuzatib qo'ygan edi. Totti singari o'z klubiga borini bag'ishlagan futbolchilar talay topiladi ammo, hamma klublar ham “Roma“ singari o'z futbolchisini hurmatini joyiga qo'yishni uddasidan chiqa olmaydi.

Andereya Pirlo

32 yoshlik futbolchi “Milan“ safidagi ajoyib 10 ta mavsumdan so'ng klub bilan  yangi shartnoma tuzmoqchi ekanligini e'lon qiladi. Keyin nimalar bo'lgani haqida bundan avvalgi maqolalardan birida keltirib o'tganimiz uchun ortiqcha to'xtalib o'tirmaymiz. Klub safida deyarli hamma turnirlarda g'olib chiqqan qaxramonimiz erkin agent sifatida “Yuventus“ safiga borib qo'shiladi va ketma-ket 3 mavsum Italiyada yil o'yinchisi deb topiladi. “Milan“ futbol afsonasi bilan xayrlashuv uchrashuvini ortga sura-sura oxiri o'tkazishdan bosh tortadi. Pirlo shunchaki mavsum so'ngida, qo'llarini baland ko'targancha o'zi San Sirodan chiqib ketadi. Ushbu mavzuda savol berilganida qahramonimiz klubdan hafa ekanligini yashirib o'tirmaydi. Klub safida 400dan oshiqroq uchrashuvlarda maydonga tushgan futbolchi shunchaki 2011-yilgi mavsum yakunlangach boshqa “Milan“ libosini kiymadi.32 yoshlik futbolchi 2001-2011 yillar mobaynida  401 ta uchrashuv o'tkazib 41 ta gol uradi

Karles Puyol


“Barselona“ klubining chinakam sardori, muxlislar yoqimtoyi va yaxshi inson deya ko'z oldimizda gavdalanadigan futbolchi bilan “Barselona“ xayrlashuv kechasini o'tkazmaganiga ishonish qiyin. Puyol klub safida 593 ta uchrashuvda maydonga tushgan va jamiki sovrinlarni qo'lga kiritgan. Uning so'nggi mavsumida olgan jarohati evaziga u boshqa maydonga qayta olmaydi. Mavsum so'ngida esa klub rasmiy sayti futbolchining butsalarini mixga ilganini e'lon qiladi. G'azablangan muxlislar klubdan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazishlarini talab qilsada, Xosep Bartomeu har-xil bahonalar bilan vaziyatdan chiqib ketadi. Afsuski, klub prezidenti o'z va'dasida turmadi va klub uchun butun umrini bag'ishlagan futbolchi o'z klubidan shunchaki ketdi, tamom!

Aleksandr Shovkovsiy


“Dinamo Kiev“ klubining afsonaviy darvozaboni klub uchun 23 yil umrini bergan bo'lsada, u bilan “Dinamo“ hayrlashuv uchrashuvini o'tkazishni xohlamadi. Ukrayinadagi siyosiy notinchlikni bahona qilgan rahbariyat “Shava“ni ketishi haqidagi xabarni «Facebook» orqali e'lon qildi va ortiqcha to'xtalib o'tirmadi. Uning so'nggi turidan so'ng uyi atrofida minglab muxlislar  Sasha uchun bayram uyishtirishdi. Tonggacha davom etgan bayram futbolchining ko'nglini biroz bo'lsada ko'tardi ammo, xayrlashuv o'yinisiz klubni tark etgani uning xotirasida abadiy qolsa, ajab emas.

Frenk Lempard


Frenki o'zining APLdagi so'nggi mavsumini “Chelsi“safida emas, “Manchester  Siti“ libosida o'tkazgani ko'plab “aristokratlar“ muxlislari uchun og'ir botdi. Futbolchi “Chelsi“ tarixidagi eng yaxshi o'yinchi deb topilgan bo'lishiga qaramasdan, o'zining APLdagi so'nggi mavsumida jonajon klubida joy topilmadi. Futbolchi mavsum tugagach MLS ga ketishini eshitgan “Chelsi“ fanatlari rahbariyatdan xayrlashuv kechasini tashkil etishlarini talab qila boshladi va bu chelendjga aylanib ketadi. Klub mutasaddilari esa so'nggi turidan so'ng Lampard uchun 5 daqiqa ajratdi. Futbolchi muxlislar bilan xayrlashdiyu, umrini bag'ishlagan klubini butkul tark etdi. Bu voqeani ingliz nashrlari “Lampardga nisbatan nohaqlik qilindi“ deya matbuotda jar sola boshlashdi, ammo... poezd ketib bo'lgan, klub ramzi sanaladigan futbolchi “Chelsi“ni abadiy tark etgan edi.

Iker Kasilyas


Joze Mouriniyo bilan tortishuvlar oqibatida Ispaniya futbolining hamma zamonlardagi eng kuchli darvozaboni, dunyoning 5 karra eng zo'r kipperi, klublar va terma jamoalar miqiyosidagi jamiki turnirlar g'olibi sanaladigan Iker Kasilas o'z klubi bilan xayrlashmay boshqa klubga o'tib ketdi. U “Real Madrid“ safida 725 ta uchrashuvda «qirollik klubi» sharafini himoya qilgan darvozabon o'z umrini bag'ishlagan klubi bilan xayrlashuv kechasi o'tkazish taklifi bilan hech kim chiqmadi. Kasilyas aynan shu hodisa to'g'risida o'z intervyularidan birida so'zlab bergan edi: “To'g'risi, ketishim haqida ohirigacha hech kimga aytmadim, kutdim, klub men bilan munosib xayrlashishidan umidvor edim. Keyin jurnalistlarga matbuot anjumani tashkillashtirdim. Madrid bilan xayrlashdimu Portugaliyaga uchib ketdim“.Darhaqiqat, unga mavsumdagi so'nggi turda maydonga tushishi uchun sharoit ham yaratib berilmagani juda achinarli. Nima ham derdik, Maradona aytganidek : “Futbol har doim ham o'z yulduzlari bilan yaxshi muomalada bo'lavermaydi“

Manba: stadion.uz

Mulohazalar